Fevral qanday ob-havo bilan boshlanishi aytildi

Bu qiziq

image

Qishning so‘nggi oyi – fevralda O‘zbekistonga O‘rta yer dengizi hududlaridan nam va nisbatan iliq havo kirib keladi. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, fevral oyining birinchi o‘n kunligida harorat asosan kechalari 0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda 2 daraja sovuq, kunduzlari esa 3-8 dan 10-12 darajagacha iliq bo‘ladi. Shimoliy hududlarda kechalari 3-8 daraja sovuq, kunduz kunlari 2-7 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Kelayotgan oyning dastlabki o‘n kunligi nisbatan yog‘ingarchilikka boy bo‘ladi. Respublikaning barcha hududlari bo‘yicha vaqti-vaqti bilan asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Ba’zi joylarda yomg‘ir qorga aylanadi.

Keyinchalik fevral oyining oxirigacha harorat kechalari 2-7 daraja iliq yoki 5 daraja sovuq, kunduz kunlari 2-7 darajadan 12-17 darajagacha iliq harorat bo‘lishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo Gidrometeorologiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing