“Ferrari” piloti Sharl Lekler Toshkentga keldi (video)

Sport

image

“Formula-1” olamining eng mashhur pilotlaridan biri, “Ferrari” jamoasining monakolik poygachisi Shar Lekler Toshkentga yetib keldi. Mehmonni MOQ rahbariyati Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kutib oldi.

Sharl Lekler bugun, 12 dekabr kuni Toshkentda Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA)ning yil yakunlariga bag‘ishlangan taqdirlash marosimida ishtirok etadi. Markaziy Osiyo mintaqasida ilk bor o‘tkazilayotgan ushbu nufuzli tadbirda dunyoning yetakchi avtomobil sporti jamoalari va vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Sharl Lekler “Formula-1”da hozirgacha bir nechta Gran-pri g‘alabalari (Bahrayn, Italiya, Belgiya kabi) va ko‘plab podiumlarni qo‘lga kiritgan. Lekler, shuningdek, “Ferrari” tarixidagi eng yosh Gran-pri g‘olibi sifatida jamoa rekordini yangilagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning FIA prezidenti Muhammad bin Sulaym bilan uchrashuvi chog‘ida O‘zbekistonda “Formula-1” poygalari o‘tkazish muhokama qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

“Formula-1” “Ferrari” Shar' Lekler

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing