Shumaxerning ahvoli yaxshilandi – OAV
Sport
−
26 yanvar 2105 1 daqiqa
“Formula-1” bo‘yicha yetti karra jahon chempioni Mixael Shumaxer endilikda doimiy ravishda yotoqda yotmaydi. U hozirda hamshiralar yordamida uyida nogironlar aravachasida harakatlana oladi. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi.
Ma’lumki, 2013 yil dekabr oyida Shumaxer Alp tog‘larida chang‘i uchish paytida bosh miyasidan og‘ir jarohat olgan va komaga tushib qolgan edi. 2021 yilda Netflix platformasida namoyish etilgan hujjatli filmda uning rafiqasi va o‘g‘li afsonaviy sportchi mustaqil harakatlana olmasligi hamda atrofdagilar bilan to‘liq muloqot qila olmasligini ma’lum qilgan.
Nashrning yozishicha, hozirda Shumaxer hamshiralar yordamida uyida nogironlar aravachasida harakatlana oladi.
Ayni paytda u Mayorka orolining Las-Brisas hududidagi ulkan qasrda parvarishlanmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, Shumaxer uyiga juda kam sonli mehmonlar kirishi mumkin bo‘lib, ular orasida Ferrari jamoasining sobiq rahbari Jan Todt ham bor.
O‘tgan yili Todt Shumaxerni tez-tez ko‘rib turishini, unga nisbatan juda iliq munosabatda ekanini va ular o‘rtasidagi aloqalar ancha shaxsiy tus olganini tan olgan edi.
2025 yil mart oyida RTL jurnalisti Feliks Gorner Shumaxerning ahvoli yomonlashgani, u so‘zlashni to‘xtatgani haqida xabar bergan edi. Shuningdek, u sportchining atrofidagi odamlar doirasi taxminan 20 kishidan iborat ekanini aytgan.
Live
Barchasi