Shumaxer “Formula-1” tarixidagi eng boy haydovchi deb topildi
Sport
−
27 dekabr 1216 1 daqiqa
“Formula-1” poygalarining yetti karra chempioni Mixael Shumaxer “Formula-1” tarixidagi eng boy haydovchi deb topildi. Bu haqda “Racing News 365” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Shumaxerning sof boyligi 790 million dollarga baholangan. Germaniyalik haydovchi faoliyati davomida 91 ta g‘alaba qozonib, yetti marta “Formula-1” chempionligini qo‘lga kiritgan.
Ikkinchi o‘rinni yetti karra “Formula-1” chempioni, buyuk britaniyalik Lyuis Xemilton egallagan, uning boyligi 304 million dollarni tashkil etdi. Ikki karra chempionlik sovrindori, “Aston Martin” poygachisi, ispaniyalik Fernando Alonso esa reytingda 264 million dollarga baholangan boylik bilan uchinchi o‘rinda joylashgan. To‘rtinchi o‘rinni bitta chempionlik g‘alabasi bilan finlyandiyalik Kimi Raykkonen (254 million) egallagan. Uch karra chempion bo‘lgan avstriyalik Niki Lauda (203 million) beshinchi o‘rinni band etgan.
Ma’lumot uchun, Mixael Shumaxer “Formula‑1”da 1991–2012 yillar oralig‘ida faoliyat yuritgan. U dastlab “Jordan” jamoasida debyut qilgan, keyinchalik “Benetton”, “Ferrari” va “Mersedes” jamoalarida haydovchilik qilgan.