Fermer Muzrabot tumaniga hokim etib tayinlandi

Jamiyat

image

Surxondaryo viloyati Muzrabot tumaniga Alisher Qurbonovich Qurbonov hokim etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazilgan.

Sessiyada viloyat rahbari shu vaqtga qadar tuman hokimi vazifasida ishlab kelgan Abdurashid Ismoilov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilganligini bildirib, Alisher Qurbonovich Qurbonov nomzodini Muzrabot tumani hokimi etib tayinlash taklifini bildirdi. Nomzod deputatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

Ma’lumot uchun, Alisher Qurbonov 1973 yilda Muzrabot tumanida tug‘ilgan. 1995 yilda Toshkent qishloq xo‘jaligi institutini, 2005 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – iqtisodchi-tashkilotchi, yurisprudensiya.

Faoliyati davomida Ichki ishlar organlarida turli lavozimlarda hamda xususiy sektorda mehnat qilgan. Tayinlovga qadar A.Qurbonov “Amirqulbobo KAA” fermer xo‘jaligi rahbari bo‘lib faoliyat yuritib kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bobur Yo‘ldoshovich Abubakirov Toshkent shahridagi Shayxontohur tumanining hokimi etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Fermer Muzrabot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar