Muzrabot hokimi ishdan olindi

Jamiyat

image

O‘tgan yili sentyabr oyidan beri Surxondaryo viloyatidagi Muzrabot tumanini boshqarib kelayotgan Alisher Qurbonov tuman hokimi lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rnini shu paytgacha “Surxondaryo suv ta’minoti” AJ direktori sifatida ishlab kelgan Abdulla Mamatqulov egalladi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bugun, 23 may kuni Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etdi hamda Muzrabot tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, shu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar xususida to‘xtaldi.

Sessiya davomida shu vaqtga qadar Muzrabot tumani hokimi vazifasini bajarib kelgan Alisher Qurbonov lavozimidan ozod etilgani ma’lum qilindi. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ushbu lavozimga Abdulla Abdumo‘minovich Mamatqulov nomzodini taklif etdi. Taklif tuman Kengashi deputatlari tomonidan ma’qullandi.

Ma’lumot uchun, Abdulla Mamatqulov 1985 yilda Oltinsoy tumanida tug‘ilgan. 2011 yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini mexanik-texnolog mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida “Surxondaryo suv ta’minoti” MCHJ direktorining o‘rinbosari, Bandixon tumani hokimining o‘rinbosari, “Surxondaryosuvqurilishinvest” DUK direktori kabi mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan. Tayinlovga qadar “Surxondaryo suv ta’minoti” AJ direktori vazifasida faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo Ulug'bek Qosimov Muzrabot Alisher Qurbonov Abdulla Mamatqulov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing