Toshkent shahar byudjetiga keladigan mablag‘ ortadi
Jamiyat
−
06 yanvar 2020
6700Bozor va savdo komplekslari faoliyati yanada takomillashtiriladi va ulardagi davlat ishtiroki qisqartiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaror loyihasida keltirib o‘tilgan.
Unga ko‘ra, bozor va savdo komplekslari ustav kapitalida mahalliy davlat hokimiyati organlarining majburiy ishtiroki bekor qilinadi;
• yerdan foydalanish huquqi hisobiga bozor va savdo komplekslari ustav kapitalida mahalliy davlat hokimiyati organlarining ulushini shakllantirish amaliyoti bekor qilinadi;
• bozor va savdo komplekslari ustav kapitalidagi davlat ulushlari, aksiyadorlik jamiyatlarida bitta aksiya – bitta lot, mas’uliyati cheklangan jamiyatlarda 0,1 foiz – bitta lot asosida ochiq savdolarga chiqariladi;
• bozor va savdo komplekslari 2020 yil 1 iyulidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida nazarda tutilgan umumbelgilangan soliqlarni to‘lovchi sifatida e’tirof etiladi.
Shuningdek hujjatda istisno tariqasida:
• bozor va savdo komplekslari ustav kapitalidagi mahalliy davlat hokimiyati organlari aksiyalari (ulushlari) sotishdan tushgan mablag‘ning 73 foizi tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga yo‘naltiriladi, qolgan qismi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqsimlanadi;
• salohiyatli investorlar, shu jumladan xorijiy investorlarning takliflari asosida Davlat tender komissiyasiga investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar bilan bozor va savdo komplekslari ustav kapitalidagi mahalliy davlat hokimiyati organlari aksiyalari (ulushlari)ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish huquqi beriladi.
LiveBarchasi