Fazliddin G‘oibnazarovning raqibi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Shu yilning 29 sentyabr kuni Toshkentda professional boks kechasi bo‘lib o‘tadi.

"O‘zbekiston" sport majmuasida o‘tkaziladigan ushbu boks oqshomidan jami 7 ta jang o‘rin olgan.

Markaziy jang Fazliddin G‘oibnazarov ishtirokida o‘tkazilib, 10 raunddan iborat bo‘ladi. Shu kunlarda Fazliddin Toshkentda murabbiyi Abror Tursunpo‘latov qo‘l ostida mashg‘ulot o‘tkazyapti.

Ma’lum bo‘lishicha, G‘oibnazarov 29 sentyabr kuni indoneziyalik Rivo Kundimangga qarshi ringga ko‘tariladi. 22 yoshli Rivo prof ringda 10 ta jang o‘tkazgan. To‘qqizta jangda g‘alaba qozongan, 5 tasida nokaut bilan. Bitta jangda durang natija qayd etilgan. 

Fazliddin G‘oibnazarov esa professional boksdagi faoliyati davomida 8 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, bahslarning 7 tasida zafar quchgan. To‘rtta jangda raqiblarini muddatidan avval mag‘lub etgan. 

So‘nggi jangida Maykl Foksga ochkolar hisobida imkoniyatni boy bergan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent boks kechasi

Baholaganlar

49

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing