Fayzullayevning SSKAdagi maoshi oshdi
Sport
−
20 dekabr 2024
20083Moskvaning SSKA klubi 1 dekabrdan o‘zbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullayevning maoshini oshirdi. Bu haqda insayder Ivan Karpov o‘z sahifasida ma’lum qildi
Fayzullayev SSKAda klubidagi debyutidan buyon eng samarali futbolchi hisoblanadi. 21 yoshli Fayzullayev Rossiya chempionati va kubogida 1,5 mavsumda 23 ball jamg‘argan, ya’ni 8 ta gol urib, 15 ta golga assistentlik qilgan.
“SSKAda o‘ynagan o‘yinlar soni bo‘yicha maosh zinapoyasi ko‘zda tutilgan”, deyiladi manba xabarida.
Ma’lumot uchun, hozirgacha Fayzullayevning “armiyachilar” safidagi yillik maoshi 110 ming yevroni tashkil etib kelayotgandi. Tez orada uning yangilangan maoshi miqdori ham aniq bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fayzullayev Husanovni 1 ballga ortda qoldirib, O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi