Fayzullayev yozda Italiyaga ketadi – manba

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Rossiyaning SSKA klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, joriy mavsum yakunidan so‘ng Abbosbek Fayzullayev hozirgi jamoasini tark etib, Italiya klubiga yo‘l olishi mumkin. Hozirda ushbu mamlakatning bir nechta jamoalaridan takliflar bor va ular o‘rganib chiqilmoqda. Biroq mazkur jamoalar nomi oshkor qilinmadi.

Ma’lumot uchun, Abbosbekning SSKA bilan tuzgan shartnomasi kelasi yilning yozida yakunlanadi. 21 yoshli futbolchi joriy mavsum 37 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 3 ta gol va 7 ta golli uzatma bor. “Transfermarkt” nashri futbolchini 8 million yevroga baholagan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq insayder Ivan Karpov SSKA klubi Abbosbek Fayzullayevga 12 million yevro narx belgilaganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

TsSKA Italiya A Seriyasi Abbosbek Fayzullaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing