Fayzullayev UEFA musobaqasida debyut qildi
Sport
−
22 avgust 3980 1 daqiqa
Kecha, 21 avgust kuni bo‘lib o‘tgan Turkiyaning “Bashakshehir” va Ruminiyaning “Krayova” o‘rtasidagi o‘yinida istanbulliklar o‘z uyida 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Ushbu o‘yin Yevropa Konferensiya ligasi uchun so‘nggi o‘tish bahslaridan hisoblanadi.
Garchi jamoa mag‘lub bo‘lgan bo‘lsada, Istanbul klubi safida to‘p tepayotgan ikki o‘zbek legioneri maydondagi ikki jamoa o‘yinchilaridan bir bosh ustun ekani yaqqol sezildi. Ba’zi futbol tanqidchilar butun boshli jamoani "bot" deb kinoya qilgani ham bekorga emas. O‘yinni Eldor Shomurodov asosiy tarkibda boshlagan bo‘lsa, Abbosbek Fayzullayev 77-daqiqada maydonga tushdi. Fayzullayev tushishi bilan “Bashakshehir” hisobni qisqartirdi. Abbos golda qatnashmagan bo‘lsa ham o‘zining tezkor o‘yini bilan raqib jamoaga ancha bosim o‘tkazdi.
Sofascore ushbu bahsda to‘liq 90 daqiqa harakat qilgan Eldor Shomurodovning harakatlariga 6,3 baho qo‘ydi. Fayzullayev debyut bahsi uchun 6,7 (uzatmalar aniqligi 100%) bahoga loyiq ko‘rilgan.
Endi jamoalar o‘rtasida javob o‘yini 28 avgust kuni Ruminiyada bo‘lib o‘tadi. Abbos va Eldor asosiy tarkibda maydonga tushish uchun sabablarni yetarlicha ko‘rsatib qo‘ydi. Ushbu qara-qarshilikda g‘olibi bo‘lgan jamoa Yevropa Konferensiya ligasi guruh bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.
Jahongir Boltaboyev
Live
Barchasi