“Barselona”ning sobiq a’zosi Fayzullayevning jamoadoshiga aylandi (video)

Sport

image

Bosniya va gersogovinalik futbolchi Miralem Pyanich Moskvaning SSKA klubi a’zosiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Faoliyati davomida bir qator top klublarda to‘p tepgan 34 yoshli Pyanich armiyachilar bilan 1 yillik shartnoma imzoladi. U kelishuvni bir mavsumga uzaytirish imkoniyatiga ham ega.

“Transfermarkt” 3 million yervoga baholayotgan Pyanich faoliyatining eng yorqin paytlarini Italiyada o‘tkazgan. U Italiya chempionati, kubogi va superkubogida g‘olib bo‘lgan. Barselona safida Ispaniya kubogida zafar quchgan. 2018 yilda transfer narxi 70 million yevrogacha ko‘tarilgan. 

Qayd etish joiz, SSKA safida o‘zbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullayev ham to‘p tepadi. Fayzullayevning armiyachilar bilan shartnomasi 2026 yil yozigacha mo‘ljallangan.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Fayzullaev Bosniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing