Fayzullayev Ronalduga qarshi to‘p tepishi mumkin

Sport

image

Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” futbol klubi “Birodarlik kubogi”da ishtirok etishi mumkin. Bu haqda klub tijoriy direktori Jordi Dyurante Ria Novosti'ga ma’lum qildi.

Moskvaning “Dinamo” klubi direktorlar kengashi raisi Dmitriy Gafin “Oltin to‘p”ning besh karra sohibi portugaliyalik Krishtianu Ronaldu to‘p surayotgan “Al-Nasr”ni “Birodarlik kubogi”da ishtirok etishga taklif qilgan.

“Biz doimo xalqaro yordam uchun imkoniyatlar qidiramiz. Rossiya katta bozor, bu yerda Jahon chempionati bo‘lib o‘tgan. Bu yerda futbolga ishtiyoqi baland odamlar ko‘p. Biz har qanday imkoniyatni ko‘rib chiqishga va baholashga tayyormiz. Qaror qabul qilish uchun vaqt kerak, “Al-Nasr” taqvimidagi to‘g‘ri daqiqani davrni kerak”, deydi Dyurante.

Bir qator Rossiya klublari “Al-Nasr”ning “Birodarlik kubogi”da ishtirok etishiga ijobiy qaramoqda. Jumladan, SSKA bosh direktori ham “Al-Nasr”ni turnirga taklif qilish variantini ijobiy baholadi.

Ma’lumot uchun, “Birodarlik kubogi” har yili yozda o‘tkaziladigan an’anaviy kichik turnir hisoblanadi. Turnir jamoalarni mavsum uchun tayyorgarlik ko‘rib olish uchun muhim hisoblanadi. Musobaqada asosan Rossiya klublari ishtirok etadi. 2023 yilgi turnirda faqatgina SSKA va “Dinamo” jamoalari qatnashgan bo‘lsa, 2024 yilda Moskva klublari safida Serbiyaning “Partizan” va “Belgrad” jamoalari qo‘shilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu Al-Nasr Fayzullaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing