Pyanich Fayzullayevga “Barselona”ga o‘tish retseptini taqdim qildi
Sport
−
04 aprel
16274Moskvaning SSKA klubi yarim himoyachisi, “Barselona”ning sobiq futbolchisi Miralem Pyanich “armiyachilar”ning o‘zbekistonlik yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev “Barselona” futbolchisi bo‘lish orzusini qanday amalga oshirishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.
“Abbos ajoyib futbol fazilatlariga ega. Agar u “Barselona”ga borishni istasa, orzusiga doim ishonishi va intilishi kerak. Bu yo‘l juda qiyin va uzoq, lekin har qanday holatda ham orzu yo‘lida sekinlashmaslik lozim. U har kuni ko‘p mehnat qilishi, mashq bajarishi, borini berib o‘ynashi va har jihatdan yaxshiroq bo‘lishga intilishi kerak. “Barselona”ga o‘tishning boshqacha retsepti yo‘q”, deydi bosniyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, 21 yoshli Fayzullayev 2023 yilning yozidan buyon Moskva klubida o‘ynab kelmoqda. U barcha turnirlarda 60 ta o‘yinda qatnashib, 8 ta gol urdi va 21 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fayzullayevga Portugaliyaning “Benfika” klubi qiziqish bildirgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi