Fayzullayev va Husanov Olimpiya terma jamoasi safiga kelib qo‘shildi
Sport
−
22 aprel
5426Ayni kunlarda Qatar yashil maydonlarida futbol bo‘yicha U-23 Osiyo kubogi bahslari davom ettirilmoqda. SSKA a’zosi Abbosbek Fayzullayev va “Lans” futbolchisi Abduqodir Husanov ham Doha shahriga yetib keldi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ikkala futbolchi ham 23 aprel kuni O‘zbekistonning Vetnamga qarshi o‘yinida maydonga tushishi mumkin.
Qayd etish joiz, Temur Kapazde shogirdlari 2-turdayoq musobaqa chorak finaliga yo‘l olishni uddaladi. Hozirda O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi 6 ochko bilan o‘z guruhida peshqadam bo‘lib turibdi. Vetnamga qarshi o‘yin guruh g‘olibini aniqlab beradi.
Ma’lumot uchun, Osiyo kubogida sovrindor bo‘lgan 3 ta terma jamoa shu yili Parijda o‘tadigan Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. 4-o‘rin sohibi esa pley-off o‘yini orqali Olimpiya o‘yinlari uchun kurash olib boradi.
LiveBarchasi