Fayzullayev qachon Olimpiya jamoasi safiga qo‘shilishi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

SSKA yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev 11 iyul kuni Parij mezbonlik qiladigan Olimpiadaga tayyorgarlik ko‘rish uchun O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi safiga jo‘nab ketadi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va Moskva klubi allaqachon Fayzullayev masalasida kelishib bo‘lgan. Fayzullayev 11 iyul kuni O‘zbekiston terma jamoasi safiga borib qo‘shiladi. 

“Bu borada biz SSKA rahbariyati bilan uzoq gaplashib o‘tirmadik. Olimpiadada ishtirok etish imkoniyati hayotimda bir marta bo‘lishi mumkinligini bosh murabbiy juda yaxshi tushundi. Imkoniyat uchun klubdan minnatdorman”, deydi Fayzullayev.

Qayd etish joiz, O‘zbekiston terma jamoasi yoshlar o‘rtasidagi Osiyo kubogining final bosqichiga yo‘l olib, Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi. Jamoa birinchi marta Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadi. Futbol bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi Olimpiya o‘yinlari 24 iyuldan 9 avgustgacha Fransiyaning yetti shahrida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Olimpiada Abbosbek Fayzullaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing