Farzandini sotayotgan ikki ayol qo‘lga tushdi

O‘zbekiston

−

visibility15071 timer1 daqiqa

Joriy yilning 3 fevral kuni O‘zbekistonning Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida farzandini sotishga uringan ayollar qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 3 fevral kuni Navoiy viloyatining Karmana tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Natijada, Xatirchi tumani Chechak ota mahallasida yashovchi Z.S. ismli ayol 3 yoshli o‘g‘lini ikki nafar shaxsga, Talqoq MFY hududida 8 mln so‘m va 100 AQSH dollari evaziga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Yana bir holat 3 fevral kuni Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida aniqlanib, oldi olingan. Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida yashovchi D.B. ismli ayol qiz farzandini pullayotganda qo‘lga tushgan. Ayol 2019 yil 26 yanvar kuni tug‘ilgan farzandini Jarqo‘rg‘on tumanida S.A. ismli ayolga 3,5 mln so‘mga sotib, pullar bilan Toshkent shahriga ketayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Har ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
 


Maqola muallifi

Sunnatilla Abdullaev

Baholaganlar

62

Reyting

2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing