O‘zbekistonda kambag‘al aholini o‘qitish tizimi joriy etiladi

Jamiyat

image

Hududlarda ishsiz aholini kasb-hunarga o‘qitish markazlari tashkil qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambag‘al va ishsiz aholini tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror loyihasida qayd etilgan.

Hujjatga asosan quyidagilarni nazarda tutuvchi Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga hamda tadbirkorlikka o‘qitishga qaratilgan umummilliy tizim joriy etiladi:

•  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida joylashgan “Ishga marhamat” monomarkazlari;

•  Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar tuman (shahar)larida joylashgan ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish markazlari;

•  Toshkent shahrining tumanlarida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida ishsiz yoshlar, xotin-qizlar hamda o‘z malakasini oshirmoqchi bo‘lgan fuqarolar uchun tashkil etiladigan qisqa muddatli kasb-hunarga o‘qitish kurslari;

•  mahalla guzarlarida, mahalla hududlaridagi o‘quv muassasalar, korxona va tashkilotlar, tashabbuskor tadbirkorlik sub’ektlari binolarida, boshqa bo‘sh turgan joylarda ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarlarga o‘qitish markazlari huzurida tashkil etilgan mahalla aholisini kasb-hunarga o‘qitish maskanlari.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Kambag'al

Baholaganlar

83

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing