Toshkentda ayol o‘z uyida o‘ldirib ketildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 30 mart kuni 13:55 larda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani, Sayram ko‘chasi, 8a-uy, 6-xonadon oshxonasidan ushbu manzilda yashagan ayolning murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan. Mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi rasmiy bayonot bilan chiqdi. 

Xabarda qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

Toshkent shahar prokuraturasining o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan deyarli bir sutka ichida o‘tkazilgan zarur tezkor-tergov harakatlari natijasida joriy yilning 29 mart kunidan 30 mart kuniga o‘tar kechasi marhuma O.K. o‘z xonadonida tanishi A.A. bilan spirtli ichimliklar iste’mol qilib, keyinchalik o‘rtalarida kelib chiqqan janjal oqibatida fuqaro A.A. mast holatda stol ustida turgan oshxona pichog‘i bilan marhumaning o‘ng bo‘yin sohasiga urib, qasddan o‘ldirib, so‘ngra hodisa joyidan yashiringani aniqlangan. 

Shunga ko‘ra, 1 aprel kuni Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi bo‘yicha A.A. JKning 97-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, u JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan. 

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov davom etmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura Qotillik

Baholaganlar

470

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing