Farmatsevtika texnik universiteti tashkil etiladi

Jamiyat

image

Vazirlar Mahkamasining “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterining faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 78-son qarori qabul qilindi.

Hujjatda Prezidentning “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4574-son qaroriga muvofiq Farmatsevtika texnik universiteti hamda innovatsion dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan ishlab chiqarish maydonlaridan iborat sanoat zonasi tashkil etish belgilangan.

Quyidagilar Klaster faoliyatining asosiy vazifalari etib belgilangan:

•    innovatsion yechimlarni joriy etish orqali farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish;
•    ixtisoslashtirilgan ta’lim infratuzilmasini yaratish;
•    investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish;
•    dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqarish;
•    xorijiy mamlakatlarning yetakchi ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari bilan aloqalarni rivojlantirish.

Toshkent viloyatining Qibray tumanida klaster Direksiyasi tashkil etiladi. Hujjat bilan davlat muassasasining tuzilmasi, xodimlari soni tasdiqlangan.

Direksiya loyihaning ijro etuvchi organi, shuningdek qurilayotgan ob’ektlar bo‘yicha asbob-uskunalar, tovarlar, ishlar va xizmatlarni qabul qilib olish uchun mas’ul hisoblanadi.

Prezidentning “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini tashkil etishni moliyalashtirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4698-son qaroriga muvofiq klasterni tashkil etish loyihasini moliyalashtirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan 50 mln dollargacha summada mablag‘lar ajratilishi nazarda tutilgan.


Maqola muallifi

Teglar

farmatsevtika

Baholaganlar

40

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing