Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligiga rahbar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Sardor Hikmatovich Kariyev O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.

Sardor Kariyev bu lavozimda 2018 yil fevral oyidan beri faoliyat olib borgan Aziz Abdullayev o‘rnida ish boshlaydi.

Ma’lumot uchun, Sardor Kariyev 1982 yilda tug‘ilgan. U avval Jurabek Laboratories farmatsevtik kompaniyasini boshqargan.
 


Maqola muallifi

Teglar

qaror Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi

Baholaganlar

37

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing