“Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” yana “Oskar”ga nomzod bo‘ldi

Madaniyat-san’at

image

O‘zbek kinoijodkorlarining “Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” filmi AQSH kinoakademiyasining “Oskar” mukofotiga da’vogarlar qatoriga kiritildi. Kino “Eng yaxshi xorijiy badiiy film” nominatsiyasida dastlabki kengaytirilgan ro‘yxatdan joy olgan.

“Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” filmi ssenariysi va rejissyori Yolqin To‘ychiyev. Filmda o‘tgan asr boshlarida Turkistonda sodir bo‘lgan siyosiy voqealar ta’siri bir oila misolida hikoya qilinadi. Syujetga ko‘ra, odamlardan uzoqda uchta xotini bilan yashaydigan Komil to‘rtinchi marta uylanadi. Oilaga yangi ayolning kelishi va bu mintaqadagi siyosiy vaziyat bilan bog‘liq nizolar oilaning buzilishiga olib keladi.

Shuningdek, nomzodlar ro‘yxatiga 90 dan ortiq film kiritilgan. Ular orasida rossiyalik rejissyor Kira Kovalenkoning “Mushtlarni ochib” (“Razjimaya kulaki”) filmi, ukrainalik rejissyor Natalya Vorojbitning “Yomon yo‘llar” (“Ploxiye dorogi”), qozog‘istonlik rejissyor Odilxon Yerjanovning “Sariq mushuk” (“Jeltaya koshka”) va boshqa filmlar ham bor.

Ma’lumot o‘rnida, 94-marta topshirilayotgan “Oskar” mukofotining taqdirlash marosimi 2022 yil 8 fevralda bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston “Oskar” qo‘mitasi o‘tgan yili “Eng yaxshi xalqaro badiiy film” nominatsiyasida “Oskar” uchun “Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” filmini tanlagan edi. Biroq o‘zbek filmi o‘shanda “Oskar” mukofotiga nomzodlarning dastlabki kengaytirilgan ro‘yxatiga kira olmagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Oskar

Baholaganlar

806

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing