“Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” filmi yana bir nufuzli mukofotga da’vogar bo‘ldi

Madaniyat-san’at

image

“O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan “Fox music cinema” studiyasi tomonidan suratga olingan “Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” filmi “Oltin globus”ning bu yilgi 78-“Xorijiy tildagi eng yaxshi film” nominatsiyasida ishtirok etish uchun tanlab olindi. Joriy yil 77 mamlakatning 138 ta filmi “Xorijiy tildagi eng yaxshi film” nominatsiyasiga da’vogarlik qilmoqda. Bu haqda "O‘zbekkino" milliy agentligi xabar berdi.

“Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” filmida o‘tgan asrning boshlarida Turkistonda yuz bergan siyosiy voqealarning shu yurt aholisiga ko‘rsatgan ta’siri bir oila misolida ochib beriladi. 

Ssenariy muallifi va rejissyor Yolqin To‘ychiyev, postanovkachi operator Bahodir Yo‘ldoshev, postanovkachi rassom Bektosh Rajabov, film direktori Shavkat Rizayev.

Rollarda: Bahrom Matchonov, Yulduz Rajabova, Elmira Rahimjonova, Marjona O‘ljayeva, Sanobar Haqnazarova, Nodira Xojiquliyeva va boshqalar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Oskar qo‘mitasi tomonidan Oskar  mukofotining “Eng yaxshi xalqaro badiiy film” nominatsiyasiga O‘zbekiston nomidan “Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” filmi ilgari surilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Oltin globus

Baholaganlar

143

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing