Farg‘onada “uchastkavoy”ga 600 000 so‘m pora bermoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga tushdi

Jamiyat

image

Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahrida istiqomat qiluvchi M.S. 2020 yil 30 yanvar kuni M.M. va G.Yu. o‘rtalarida sha’riy nikohni o‘qib qo‘yadi. Ammo bu ishi oshkor bo‘lgach, pora evaziga vaziyatdan chiqib ketishga urinadi.

2020 yilning 5 fevral kuni M.M. bilan G.Yu. o‘rtalarida yuzaga kelgan oilaviy kelishmovchilik bo‘yicha profilaktika inspektori, mahalla maslahatchisi bilan M.M.ning xonadoniga boradi. Ular sha’riy nikoh asosida turmush qurganliklarini hamda sha’riy nikohni fuqaro M.S. tomonidan o‘qilganini aniqlashadi. Profilaktika inspektori M.S.ni harakati yuzasidan ma’muriy ish qo‘zg‘atib, qonuniy chora ko‘rishlik uchun undan holat bo‘yicha tushuntirish xati olmoqchi bo‘ladi. Shu jaryonda M.S. unga nisbatan to‘plangan hujjatlarni sudga chiqarmaslik evaziga profilaktika inspektori I.M.ga 600 ming so‘m pulni pora tariqasida taklif qiladi.

2020 yilning 12 fevral kuni soat 15:30larda profilaktika isnpektori I.M.ning bildirgisiga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbirda M.S. 1 million so‘m pullarni profilaktika isnpektori I.M.ga uning xizmat xonasida pora tariqasida bergan vaqtda ushlanadi.

“Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Quvasoy shahar sudida mazmunan ko‘rib chiqilib, sudlanuvich M.S.ga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan (pora berish) 2 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlanib, uning zimmasiga quyidagi qo‘shimcha cheklashlar yuklandi va daliliy ashyo tariqasida olingan 1 million so‘m pullar davlat foydasiga musodara qilindi”, deyiladi Farg‘ona viloyati, Quvasoy shahar sudining Devonxonasi bergan ma’lumotda.


Maqola muallifi

Teglar

pora

Baholaganlar

70

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing