Farg‘onaning “Mega parki”da janjal chiqdi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatidagi “Mega parki”da janjallashgan shaxslarga nisbatan ma’muriy javobgarlik belgilandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, joriy yilning 16 iyun kuni viloyatning Buvayda tumanida joylashgan bog‘da voyaga yetmaganlar O.M., M.A. hamda A.Sh. o‘zaro gap talashib, urishib janjallashishgan. Voyaga yetmagan A.Sh.ning qarindoshi Sh.Sh. ham janjalga aralashgan.

Unga ko‘ra, holat shu joyning o‘zida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan bartaraf etilib, yuqoridagi shaxslarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 52- (yengil tan jarohati yetkazish), 183-moddalari (mayda bezorilik) bilan hujjatlar rasmiylashtirilgan va tegishli tartibda sudlovga yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdagi “Farhod” bozorida sotuvchilar va Milliy gvardiya xodimlari o‘rtasida janjal bo‘lgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

janjal Farg'ona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made