Farg‘onalik yigit 2 oylik chaqaloqning qotiliga aylanib, 20 yilga qamaldi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatida istiqomat qiluvchi yigit yoqtirgan qizining uyiga bostirib borib, uning 2 oylik jiyanini ayovsiz tarzda o‘ldirgan. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida xabar qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, farg‘onalik yigit Muhammadjonov 2019 yilda Instagram ijtimoiy tarmog‘i orqali Pirmatova bilan tanishib, u bilan bir necha bor ko‘rishgan. Lekin oradan bir qancha vaqt o‘tgandan so‘ng, fuqaro Pirmatova unga turmushga chiqmasligini bildirib, yigitga rad javobini bergan. 

Bundan g‘azablangan kuyov bo‘lmish Farg‘ona shahrida joylashgan Pirmatovaning uyiga bostirib borgan. Qizning uyda yo‘qligini bilgandan so‘ng hammomda bo‘lgan kelinoyisi Karimovani oldiga kirib, uning qorin qismiga oshxona pichog‘i bilan zarba bergan. Agar shovqin ko‘tarsa, yana pichoq tiqishini aytib, uni xonadon yotoqxonasiga olib kirgan.

Shundan so‘ng Karimova Pirmatovaga qo‘ng‘iroq qilib uni chaqirgan. Qiz yetib kelguniga qadar Muhammadjonov Karimovaning 2 oylik chaqalog‘ini yig‘idan to‘xtamagani uchun yostiq bilan dimiqtirib, qasddan o‘ldirgan.   

Bu paytda Pirmatova yetib kelgan. Muhammadjonov esa uning yuziga urib, ko‘krak va qorin qismiga pichoq bilan jarohat yetkazgan. Shovqinni eshitgan qo‘shnilar eshikni taqillatib, ichki ishlar xodimlari chaqirishini aytgan. Shundan so‘ng Muhammadjonov uydan chiqib, pichoqni ko‘p qavatli uy yonidagi yerto‘la derazasiga qistirib, Matiz rusumli taksida Andijon shahriga ketgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, gumonlanuvchi bu jinoyatni sodir etgan vaqtda aqli raso holatda bo‘lib, o‘z harkatlarini bemalol idora eta olgan.  

Sudlanuvchiga nisbatan Farg‘ona viloyati sudi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-modda (Qasddan odam o‘ldirish) 2-qism “v”, “j”, “o” bandlari, 25-modda (Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) 2-qism “r” bandi, 104-modda (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 1-qismi bilan aybdor deb topilib, 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Dinara Yusupova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Farg'ona

Baholaganlar

645

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing