Farg‘onalik 18 yoshli qiz poyezd yo‘liga sakradi
3-sahifa
−
13 Oktabr 2023
19616Toshkent metropolitenining “Alisher Navoiy” bekatida 18 yoshli talaba qiz poyezd yo‘liga sakradi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Transport va turizm ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, kecha, 12 oktyabr kuni Toshkent metropolitenining “Alisher Navoiy” bekatida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2-bosqich talabasi bo‘lgan 18 yoshli qiz poyezd relsga sakragan. Mazkur bekatda xizmat olib borayotgan IIO xodimi shu zahoti poyezdni to‘xtatgan.
Shundan so‘ng ikki nafar IIO xodimi relsga tushib, qizni platformaga olib chiqqan. Qizga dastlab birinchi yordam ko‘rsatilgan va u bilan suhbat o‘tkazilgan. So‘ng esa qarindoshlari bilan bog‘lanib, voqea haqida xabar berishgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent metropolitenining “Do‘stlik-2” bekatida bosh kiyimi tushib ketgan yigit poyezd yo‘liga sakragan edi.
LiveBarchasi