Farg‘onaga sel keldi

Jamiyat

image

Kecha, 6 avgust kuni soat 17:05 larda Qirg‘iziston Respublikasi Botkent viloyati Qadamjoy rayoni tog‘ va adir hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida sel oqimlari hosil bo‘lib, Farg‘ona viloyati So‘x tumaniga sel kelgan.

Tumandagi “Navobod” MFY hududidagi “Malbut”, “Devayron-Umbara”, “Qalacha”, “Tul” va “Poloxona” sel yo‘llaridan 30 m kub miqdoridagi sel oqimlari o‘tgan.

Sel o‘tishi oqibatida So‘x tumani hududidan o‘tuvchi “So‘x-Rishton” avtoyo‘lining 80 metr qismiga loy aralash shag‘al, Malbut qishlog‘i xo‘jalik ekin maydonlariga hamda “Umbara” (15 ta xonadon) va “Devayron” MFY (25 ta xonadon) hududlaridagi jami 40 ta xo‘jalik tomorqalari, qo‘shimcha bino va uylarning yerto‘lalariga suv kirgan.

Sel oqibatlarini bartaraf etish maqsadida, tuman hokimiyatida FVB, IIB, Prokuratura organlari, SSB rahbariyati tarkibidan iborat Tezkor shtab tashkil etilib, FVDqTning tuman xizmatlari kuch va vositalari tomonidan sel oqibatlarini bartaraf etish ishlari amalga oshirilgan.

Qayd etilishicha, sel toshqinlari oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

sel

Baholaganlar

324

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing