Farg‘onadan yana xushxabar! – 6 nafar bemor koronavirusdan shifo topdi

Jamiyat

image

Bugun, 24 aprel kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasidan ham koronavirus infeksiyasiga chalingan navbatdagi 6 nafar bemor butkul sog‘aydi. Ular Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullar ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi. Bu haqda SSV Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, sog‘ayganlarning barchasi koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Bemorlardan 3 nafari erkak, yana 3 nafari ayol. Ulardan 5 nafari Toshkent shahridan, 1 nafari Qashqadaryo viloyatidan. Ular orasida eng yoshi kattasi 27 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 10 yoshda bo‘lib, shu jumladan, 22 yoshli egizak aka-ukalar ham bor.

“Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida shu paytga qadar 42 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 48  nafarga yetdi”, deyiladi xabarda.

Bugun O‘zbekiston bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar jami 598 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha virus aniqlanganlar soni 1778 nafarga yetdi. Bugungacha bemorlarning 7 nafari vafot etgan.  

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang,  #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

80

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing