Farg‘onadagi “zapravka”da avtobus va Matiz yonib ketdi
3-sahifa
−
08:49 1890 1 daqiqa
Joriy yilning 17 yanvar kuni Farg‘ona viloyatining Farg‘ona shahridagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalaridan (AGTKSH) birida avtobus hamda Matiz mashinasi yonib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 21:58 da shaharning “Farg‘ona” MFY da joylashgan AGTKSHda gaz quyish uchun to‘xtab turgan Matiz rusumli avtomobili hamda uning yonida turgan avtobusning orqa salon qismi yonib zararlangan.
Voqea joyiga yong‘in qutqaruv ekipajlari soat 21:59 da yetib borib, soat 22:00 da o‘rab olingan hamda soat 22:02 da yong‘in batamom o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda uning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida avtobus yonib ketgandi. Hodisa oqibatida jarohatlanganlar yo‘q.
Live
Barchasi