Toshkentda Matiz o‘tindek yonib ketdi
3-sahifa
−
14:20 1038 1 daqiqa
Bugun, 9 sentyabr kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumanida Matiz rusumli avtomobil yonib ketdi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 13:31 da Toshkent shahar Shayxontohur tumani, Zulfiyaxonim ko‘chasida avtomobil yonayotganligi to‘g‘risida Toshkent shahar FVBBga xabar tushgan.
.jpg)
Shunga ko‘ra, qutqaruv ekipaji aytilgan manzilga zudlik bilan yetib borib, yong‘in soat 13:33 da o‘chirilgan.
Bildirilishicha, hodisa oqibatida jarohatlanganlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Yunusobod tumanida elektromobilda yong‘in sodir bo‘lgan edi.