Farg‘onadagi mudhish YTHda 18 va 21 yoshli fuqarolar vafot etdi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida joriy yilning 22 sentyabr kuni avtomobilning betonga urilishi oqibatida ikki nafar yosh yigit vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB ma’lum qildi.

YTH Oltiariq tumani “Tegirmonboshi” MFY hududidan o‘tgan 4R-112 Farg‘ona halqa avtomobil yo‘lining 235-kilometrida yuz bergan. Qo‘qondan Farg‘onaga harakatlanib kelayotgan Nexia rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning o‘ng tomonidagi beton to‘siqqa urilgan.

YTH oqibatida mashina majaqlanib ketgan. Hodisada 19 yoshli haydovchi va 21 yoshli yo‘lovchi vafot etgan. Bir yo‘lovchi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

314

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing