Farg‘onadagi kiyim bozorida janjallashganlar jazolandi
3-sahifa
−
27 iyul
490024 iyul kuni Farg‘ona shahri markazidagi bozorda tadbirkor va bozor ma’muriyati xodimlari o‘rtasida janjal yuzaga kelgan edi. Unda qatnashganlar jarimaga tortildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi xabar berdi.
Bildirilishicha, ushbu holat yuzasidan Milliy gvardiya hamda IIB xodimlari tomonidan bozorda janjallashganlarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-, 194-moddasi 1-qismi tartibida hujjatlar rasmiylashtirib, qonuniy qaror qabul qilish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudiga yuborilgan.
Sud ma’muriy ish materiallarini har tomonlama o‘rganib chiqib, Farg‘ona shahar savdo majmuasida faoliyat olib boruvchi 4 nafar savdogar, D.N, D.O, Sh.Q, O.I,larga hamda 4 nafar bozor ma’muriyati xodimlari F.Sh, O.M, Z.X, J.T larga MJtKning 194-moddasi 1-qismi tartibida jarima jazosi tayinlagan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Surxondaryodagi bozorda IIB xodimlari bilan janjallashgan sotuvchi ayol jarimaga tortilgandi.
LiveBarchasi