Farg‘onadagi avtoshohbekatda erkaklar janjal ko‘tardi (video)

3-sahifa

image

Farg‘ona shahridagi avtoshohbekatda bir nechta erkak o‘zaro janjallashib qoldi. Oqibatda bir fuqaro hushidan ketdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, kecha, 30 aprel kuni shaharning Tadbirkorlar ko‘chasida joylashgan avtoshohbekatda fuqarolar A.R. hamda M.U. o‘zaro kelishmovchilik sababli gap talashgan. Shu yerda bo‘lgan fuqaro Sh.Sh. ularni tinchlantirmoqchi bo‘lgan va A.R. bilan o‘zaro gap talashib, janjallashib ketgan.

Janjal davomida  Sh.Sh.ning tanishi S.R. fuqaro A.R.ning yuz qismiga urib, tan jarohati yetkazgan. Oqibatda A.R. xushini yo‘qotgan.

Bildirilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi (Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) 2-qismi “i” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, holatga aloqador barcha shaxslar protsessual tartibda ushlangan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi bozorlardan birida bir necha savdogarlar o‘zaro janjallashgani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Keyinroq esa ushbu savdogarlar ma’muriy javobgarlikka tortildi. Xususan, ulardan biri 3 sutkaga qamalgan bo‘lsa, qolgan 3 nafar fuqaroga BHMning 3 baravari (1 million 125 ming so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

janjal Farg'ona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing