Farg‘onada yuk ortilgan mashina 6 yoshli bolani bosib ketdi (video)

3-sahifa

image

Joriy yilning 16 avgust kuni Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanida 33 yoshli haydovchi mashinasi bilan 6 yoshli bolani bosib ketdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 16:30 larda Buvayda tumani “Dehqonobod” MFY hududidan o‘tgan 40V083 avtomobil yo‘lining 1-kilometrida 1992 yilda tug‘ilgan haydovchi T.M. Gaz-3110 rusumli avtomobilni boshqarib ketayotib, yo‘lning qatnov qismiga chiqib ketgan, voyaga yetmagan, 2019 yilda tug‘ilgan X.M.ni urib yuborgan. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida tan jarohati olgan X.M. shifoxonaga olib borilgan, biroq ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan vafot etgan. 

Bildirilishicha, ushbu holat yuzasidan Buvayda tumani IIB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon tumanida ko‘chada o‘ynab o‘tirgan 2 yoshli bolani bosib ketgan ayolga uydan chiqishni butunlay cheklashdan iborat 2 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlangandi. Shuningdek, ayol bolaning otasiga 2 mln 350 ming so‘m moddiy va 25 mln so‘m miqdorda ma’naviy zarar to‘lab berishi belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Farg'ona Buvayda

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing