Farg‘onada YTH oqibatida bir ayol vafot etdi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida Lacetti va Matiz rusmli avtomobillarning  to‘qnashuvi natijasida bir fuqaro halok bo‘ldi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, voqea tuman hududidan o‘tuvchi 4K-889 avtomobil yo‘lining 4-kilometrida yuz bergan. Qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib harakatlangan Lacetti  shu yo‘nalishdagi Matiz  bilan to‘qnashgan. Ikki transport vositasiga ham jiddiy ziyon yetgan. 

Natijada, Matiz'ning oldi o‘rindig‘ida o‘tirgan yo‘lovchi ayol og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan. Haydovchilar esa shifoxonaga yotqizilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 2 iyul kuni Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida Lacetti rusumli mashina yo‘l-transport hodisasiga uchrashi oqibatida ikki nafar qiz vafot etgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

145

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing