Farg‘onada uyining oldida turgan erkakni mashina urib yubordi
3-sahifa
−
08 Oktabr
9454Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida uyining darvozasi oldida turgan erkakni mashina urib yubordi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 30 yoshli haydovchi Lacetti avtomobilini haydab ketayotganida boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda uyining darvozasi oldida turgan 57 yoshli fuqaroga kelib urilgan, og‘ir tan jarohati olgan jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatida maktab va texnikum o‘quvchilari boshqaruvidagi Gentra hamda yuk mashinasi o‘rtasida dahshatli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. 5 nafar maktab va texnikum o‘quvchilari tomonidan ijaraga olingan Gentra mashinasini boshqarib borayotgan voyaga yetmagan haydovchi hushyorlikni yo‘qotib, yo‘lning o‘rtasini ajratib turuvchi beton to‘siqdan oshib, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan “ZIL” bilan to‘qnashgan. Oqibatda Gentra ichida bo‘lgan jabrlangan yo‘lovchilar Respublika shoshilinch tez-tibbiy yordam ilmiy markazining Namangan filiali jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Biroq haydovchi olgan jarohatlari tufayli shifoxonaga yetmasdan vafot etgan. Jabrlanuvchilarning qolgan 4 nafari (3 nafari 17 yosh, bir nafari esa 15 yosh) ham og‘ir holatda jonlantirish bo‘limida qolmoqda.
LiveBarchasi