Farg‘onada o‘ldirib ketilgan qizaloq ishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar berildi
3-sahifa
−
23 iyul 2023
44073Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida 11 yashar qiz zo‘rlab, o‘ldirib ketilgandi. Ushbu holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar ochiqlandi.
Marhuma qizning ota-onasini ma’lum qilishicha, joriy yilning 19 iyul kuni o‘zlariga tanish bo‘lgan oila farzandi, 2006 yilda tug‘ilgan 11-sinf o‘quvchisi bo‘lgan yigit qizning uyiga kelib onasi uni chaqirayotganini aytgan. Ota esa bolaga ishonib ruxsat bergan.
Ma’lum bo‘lishicha, 11 yoshli marhuma qiz oilaning yolg‘iz farzandi bo‘lgan.
“Ayamni ishi bor ekan chaqiryapti dedi. Darrov jo‘nataman dedi. Mayli, qizim akang bilan bor dedim. Keyin yugurib-yugurib ketishdi. Bir soat bo‘lsa ham kelmadi. Domni orqasiga o‘tdik. Marjona deb qizimni baqirib chaqirdim, qidirdim”, deydi marhuma qizning otasi.
Shuningdek, yigit istiqomat qiladigan mahalla raisi avval bolaning xulq-atvori bo‘yicha shikoyat tushmaganini aytgan.
“Gumonlanuvchi shaxs, 2006 yilda tug‘ilgan bola bizning mahallamiz fuqarosi bo‘lgan. Bola haqida hech qanday yomon tavsif berolmayman. Bu bo‘yicha shikoyat kelib tushmagan”, deydi mahalla raisi.
Eslatib o‘tamiz, xuddi shunga o‘xshash holat shu yilning 31 yanvar kuni Yangihayot tumanida sodir bo‘lgandi. Bu voqeada ham oilaga tanish bo‘lgan erkak 12 yoshli Muslima ismli qizni avval zo‘rlab, keyin o‘ldirib ketgandi. Keyinchalik bu jinoyatni qilgan erkakka nisbatan umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
LiveBarchasi