Farg‘onada tarix fani o‘qituvchisi o‘quvchining qarindoshi tomonidan kaltaklandi

3-sahifa

image

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda o‘qituvchi o‘quvchining qarindoshi tomonidan kaltaklangani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holatga Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi munosabat bildirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 1 aprel kuni Toshloq tumani, "Sadda" MFYda joylashgan 25-sonli maktabning tarix fani o‘qituvchisi M.O. va fuqaro A.X. o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik sababli janjal kelib chiqqan. Oqibatda fuqaro o‘qituvchini urib, unga tan jarohati yetkazgan.

"Hozirda M.O.ning olgan tan jarohatini og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida sud-tibbiy  ekspertizasi tayinlangan hamda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Holat viloyat IIB tomonidan nazoratga olingan. Yakuniga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi”, deyiladi munosabatda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Toshkentda o‘quvchisini tartibga chaqirgan o‘qituvchi do‘pposlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona kaltaklandi o'kituvchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing