Farg‘onada uch kishining ustiga mashina haydab, o‘ldirgan shaxsga sud hukmi o‘qildi
3-sahifa
−
18 may 2021
12096Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshloq tuman sudida kecha, 17 may kuni 3 nafar shaxsni o‘ldirishda va ikki nafar shaxsni o‘ldirishga suiqasd qilishda ayblangan Quva tumanida yashagan A.Z.ga oid jinoyat ishi mazmunan ko‘rib yakunlandi.
Ayblovga ko‘ra, sudlanuvchi A.Z. o‘tgan yil 7 noyabrda boshqaruvidagi 40 K 268 AA davlat raqamli, Matiz rusumli avtomashinasida Quva tumani “Ittifoq” MFYda besh nafar shaxsni qasddan o‘ldirish maqsadida ularning ustiga avtomashinani haydab borgan. Natijada 3 kishining vafot etishiga va 2 nafarining turli darajadagi tan jarohatlari olishiga sababchi bo‘lgan.
Sudning hukmiga ko‘ra, A.Z. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi 2-qismining “a”, 97-moddasi 2-qismining “a” bandi va 109-moddasining 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga JK 59-moddasining 3-qismiga asosan o‘tash uchun uzil-kesil 19 yil olti oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Sudlanuvchiga tegishli bo‘lgan 40 K 268 AA davlat belgili Matiz rusumli avtomashina jinoyat quroli deb e’tirof etilib, davlat foydasiga musodara qilinishi belgilandi.
Taraflarga qonunda belgilangan muddatda va tartibda shikoyat (protest) keltirish huquqlari tushuntirildi.
LiveBarchasi