Farg‘onada Tico o‘rindig‘i ostidan to‘pponcha chiqdi

Jamiyat

image

Farg‘onada bojxona postidan noqonuniy yo‘l bilan pnevmatik qurol olib o‘tmoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga tushdi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi hamda DXX Chegara qo‘shinlari xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Qo‘shni davlatdan “O‘zbekiston” bojxona posti kirish yo‘nalishida harakatlanib kelgan Tico rusumli avtomashina tekshirilganida, uning old o‘rindig‘iga ustalik bilan yashirilgan hamda tegishli ruxsatnomalari bo‘lmagan 1 dona 4,5 kalibrli pnevmatik qurol, shuningdek 4 dona qurol uchun gazballonlar va 186 dona o‘qlar borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgani aytilmoqda.

Ma’lumot uchun,  O‘zbekiston Respublikasining “Qurol to‘g‘risida”gi Qonunining 15-moddasiga muvofiq har qanday fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va olib chiqish ichki ishlar organlari tomonidan taqdim etilgan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona to'pponcha Tico

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing