Farg‘onada teatr direktori YTH sodir etishi oqibatida bir kishi vafot etdi
3-sahifa
−
23 aprel
6242Farg‘ona davlat musiqali drama teatri direktori S.M. 20 aprel kuni kechasi Nexia-3 rusumli mashinani boshqarib kelayotib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan va buning oqibatida mashina ichida bo‘lgan 56 yoshli teatr xodimi halok bo‘lgan. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Tahririyat voqeaga aniqlik kiritish maqsadida Farg‘ona viloyati IIB JXX YHXB bilan bog‘landi.
YHXBning ma’lum qilishicha, 1986 yilda tug‘ilgan S.M. 2025 yil 20 aprel kuni soat 22:00 larda Farg‘ona shahri hududidan Nexia-3 rusumli avtomobilini boshqarib ketayotib, boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetidagi beton ustunga urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. Oqibatda avtomobil yo‘lovchisi B.Sh. tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 aprel kuni Namangan viloyatining Yangi Namangan tumanida o‘quvchilar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgandi. 2 nafar 8-sinf o‘quvchisi Spark avtomashinasini 8 soatga ijaraga olgan. Ular mashinani katta tezlikda boshqarib ketayotganida yo‘l chetidagi beton to‘siqqa borib urilgan. YTH oqibatida bolalar turli tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan.
LiveBarchasi