Farg‘onada talaba qiz TTJning 3-qavatidan o‘zini tashladi
3-sahifa
−
16 dekabr
8338Farg‘ona viloyati Qo‘qon davlat pedagogika instituti talabasi o‘z joniga suiqasd qilib, institut talabalar turarjoyining 3-qavatidan o‘zini tashladi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 2005 yilda tug‘ilgan Qo‘qon davlat pedagogika instituti amaliy fanlar fakulteti jismoniy madaniyat yo‘nalishi 2-bosqich talabasi joriy yilning 13 dekabr kuni soat kechki 01:20 larda o‘z joniga suiqasd qilib, institutning 3-sonli talaba turarjoyi binosi 3-qavatidan o‘zini tashlab yuborgan. Oqibatda u tan jarohati olib, Qo‘qon shahar markaziy shifoxonasiga murojaat qilgan.
“Hozirda ushbu holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 4 dekabr kuni Buxoro viloyatida 23 yoshli talaba qiz institut yotoqxonasida uksus ichib, o‘z joniga qasd qilgandi.
LiveBarchasi