Farg‘onada taqiqlangan dori sotayotgan shaxs qo‘lga tushmaslik uchun xaridorni garovga oldi 

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy tarzda sotish bilan shug‘ullanib kelgan shaxs pichoq bilan xaridorni qo‘rqitib, zo‘rlik ishlatayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi tezkor-qidiruv departamenti xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, joriy yilning 22 aprel kuni Ichki ishlar organlariga ariza bilan murojaat qilgan fuqaro Qirg‘iziston Respublikasidan olib o‘tilgan “Regapen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 14 976 AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan shaxsga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur arizaga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qo‘shtepa tumani hududida shartli xaridorga 1 202 blisterda 16 828 dona “Regapen” nomli dori vositalarini 165 million so‘mga sotayotgan shaxs qo‘lga olingan. Kelishilgan pullarni olgan shaxs tezkor tadbir o‘tkazilayotganligini sezib, yonida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan shartli xaridorni o‘ldirish bilan qo‘rqitib, zo‘rlik ishlatayotgan vaqtida zararsizlantirilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 2511-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing