Farg‘onada tadbirkor o‘zining hisobidan maktab o‘quv binosi qurib berdi va ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, tadbirkor Saidmahmud Sultonov o‘z mablag‘lari hisobidan 1 milliard 200 million so‘m ajratib, Buvayda tumanidagi 45-umumta’lim maktab hududiga qo‘shimcha 120 o‘ringa ega bo‘lgan zamonaviy o‘quv binosi qurib berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligi munosabati bilan Buvayda tumanida bo‘lib o‘tgan bayram tadbirida S.Sultonovga mamlakatimizda ta’sis etilgan “Ta’lim homiysi” ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi. 

Ko‘krak nishoni topshirilish marosimida Farg‘ona viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i M.Turdimatov hamda Buvayda tumani hokimi B.Ibragimov ishtirok etdi. Tadbirkor S.Sultonov Xalq ta’limi vaziri Sh.Shermatovga bu berilgan e’tibor uchun alohida minnatdorchilik bildirib, kelgusida ham ta’lim muassasalariga yordam berish va ko‘maklashish ishlarini davom ettirishini ta’kidlab o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

maktab tadbirkor

Baholaganlar

124

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing