Farg‘onada suv ta’minoti xodimi kaltaklandi (video)
3-sahifa
−
25 Oktabr
4573Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida iste’mol qilgan ichimlik suvi haqqini o‘z vaqtida to‘lamagan fuqaro va nazoratchi o‘rtasida janjal yuzaga keldi. Bu haqda “Farg‘ona suv ta’minoti” AJ axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Sarmazor” MFY hududida yashovchi iste’molchi fuqaro tomonidan iste’mol etilgan ichimlik suvidan 1.700.000 so‘m miqdorida qarzdorligi mavjudligi aniqlangan.
Mavjud qarzdorlikni undirish maqsadida “Farg‘ona suv ta’minoti” AJ Marg‘ilon shahar bo‘limi aholi nazoratchisi X.A. iste’molchi xonadoniga borgan. Muloqot jarayonida iste’molchi va nazoratchi o‘rtasida janjal yuzaga kelgan va oqibatida nazoratchi X.A.ning pastki jag‘ qismi sinib, unga og‘ir tan-jarohati yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoda gaz ta’minoti xodimi fuqaroni kaltaklagandi. Qashqadaryo viloyati Koson tumanida aholi gaz yetkazib berilishi kechikib, bir necha oydan beri gazsiz o‘tirgani ortidan norozilik bildirgan. Orada yuzaga kelgan tortishuvda davlat xodimi fuqaroga qo‘l ko‘tarib, uning jag‘iga musht tushirgan.
LiveBarchasi