Farg‘onada sudlanuvchilar sud binosidan qochib ketdi
Jamiyat
−
06 may 2021
20790Kecha, 5 may kuni Farg‘ona viloyatida jinoyat ishlari bo‘yicha Toshloq tuman sudi binosidan 4 nafar sudlanuvchi qochib ketdi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, ularga nisbatan dastlabki tergovda “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan bo‘lib, ular ichki ishlar organlari kuzatuvi va nazorati ostida sud majlisiga olib kelingandi. Kutilmaganda to‘rtovlon binoning yerto‘la qismidagi orqa devordan oshib, qochib qolgan.
Farg‘ona viloyat sudi rasmiy vakilining qayd etishicha, tezkor chora-tadbirlar natijasida sudlanuvchilar shu kunning o‘zidayoq viloyat hududida ushlangan.
LiveBarchasi