Farg‘onada sud xodimi ming dollar olayotganda ushlandi

3-sahifa

image

Farg‘onada nikohdan ajratib berish evaziga pora olgan sud xodimi qo‘lga olindi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Abidov xabar berdi.

Bildirilishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudining arxivariusi fuqarodan turmush o‘rtog‘i bilan qonuniy nikohdan ajratib berish evaziga ming AQSH dollari so‘ragan. Ushbu pullarni olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

“Agar sud xodimi faoliyatida korrupsiya bilan bog‘liq xatti-harakat (yoki harakatsizlik)ni kuzatsangiz, sezsangiz, bu haqda zudlik bilan Oliy sud Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat guruhining (71) 239-01-79 raqamli “Ishonch telefoni”ga ma’lum qilishingizni so‘raymiz”, deyiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning bir necha hududlarida sudya, bosh hisobchi, bosh inspektor, bosh muhandis o‘rinbosari pora bilan ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

sud pora dollar Farg'ona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing