Farg‘onada sevgi haqida video olgan yosh bolalarning otasi javobgarlikka tortildi (video)
3-sahifa
−
24 Sentabr
22870Farg‘onada yosh bolalar sevgi haqida videolar ishlagani uchun ularning otasi ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Bildirilishicha, voyaga yetmagan bola va qiz sevgi haqida turli videolar olgan. Xususan, videoda bolaning mashina boshqargani, qiz va bola bir-biriga sevgi izhor qilayotgani va ulg‘aygan juftliklarning obrazlarini gavdalantirgani tasvirlangan. Bu esa ijtimoiy tarmoqlarda noroziliklarga sabab bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilib, holat bo‘yicha hujjatlar to‘plangan. Va ular o‘rganib chiqilib, voyaga yetmagan shaxsning otasiga va videoni tasvirga olgan shaxsga nisbatan ma’muriy tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.
“Biz bexabar qolibmiz, ko‘rmabmiz. Hammalaringdan kechirim so‘raymiz. Farzandlarimni o‘zim nazorat ostiga olaman. Xudo xohlasa, bundan keyin bu ishlar takrorlanmaydi”, deydi ota.
LiveBarchasi