Farg‘onada portlagan “zapravka”ning egasi kim?

3-sahifa

image

Joriy yilning 17 dekabr kuni Farg‘ona viloyatining Farg‘ona shahrida joylashgan avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasida dahshatli yong‘in sodir bo‘lgandi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 4 kishi voqea joyida halok bo‘lgan, lekin voqeaga guvoh bo‘lgan aholi bu son kamaytirib aytilayotganini ta’kidlagan.

QALAMPIR.UZ manbasiga ko‘ra, portlagan joy “XK FARG‘ONA LAYLI NAHOR” xususiy kompaniyasiga tegishli. Korxona 2006 yilda tashkil etilgan va asoschisi Azizxo‘ja Yusupxo‘jayevich Mavlonov sanaladi.

QALAMPIR.UZ olib borgan surishtiruvlari davomida asli farg‘onalik bo‘lgan bu tadbirkor Bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonovning yaqin qarindoshi ekani va ular aka-uka ekanligini aniqladi.

Ma’lumot uchun, Akmalxo‘ja Yusupovich Mavlonov ham 1975 yilda Farg‘ona viloyatida tavallud topgan. Ma’lumoti oliy, 2002 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Mutaxassisligi huquqshunos-yurist.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona zapravka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing